AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda rais paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytdi

U fuqarolarni majburiy mehnatga undagani uchun 18,7 mln so‘m jarimaga tortildi.

'Qashqadaryoda rais paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatidagi mahalla raisining paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi bo‘yicha tarqalgan ovozli xabari yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganish davomida 2024 yil 9 oktyabr kuni Shahrisabz tumanidagi "Paxtakor" MFY raisi L.O‘roqov Nushkent qishlog‘ining "Nushkent birlashaylik" Telegram kanaliga ovozli xabar yuborib ishsiz fuqarolarni paxta yig‘im-terimiga chaqirgani, shundan so‘ng ular terimga kelgani ma’lum bo‘ldi.

"Kimda-kim nafaqa puli olayotgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa otini yozdirib, paxta terimida kg qildirmasa bo‘lmaydi, bola nafaqasi uzilib qolishi mumkin. Ertaga yana xafagarchilik bo‘lib, gina qilib yurmanglar. Hamma to‘g‘ri tushungan holatda paxtaga chiqsin. Hozir biz shuning ro‘yxatini shakllantiryapmiz. Olim akani yeriga kelyapman men. Nechta odam chiqyapti nechta odam bola puli oladi, shakllantiraman. Chiqmayotganlar xafa bo‘lmanglar. Oldingizdan o‘tib, ogohlantirish beryapmiz", — degan u.

Holat yuzasidan mahalla raisiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 750 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Bandlik vazirligi fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelinsa, Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yoki 1282 — qisqa raqami hamda @munosibmehnat_bot telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.