AsosiyDunyo

Turkiyada janozasi o‘qilayotgan erkak tirilib ketdi

Janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotganda tobutdan ovoz eshitilgan.

'Turkiyada janozasi o‘qilayotgan erkak tirilib ketdi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahridagi masjidda 80 yoshli Halit Bayshuning janozasi davomida uning tirik ekani aniqlandi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Nashrning yozishicha, janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotganda erkak bo‘lgan tobutdan ovoz eshitilgan. Shundan so‘ng, janoza qatnashchilari shifokorlarni chaqirgan. Tobut ochilgach, ular keksa odamning pulsini aniqlagan.

“Men tobutning ustiga egildim va qandaydir tovushni eshitdim, shundan so‘ng tez yordam chaqirildi”, deydi Ayvansaray mahallasi raisi G‘olib Akchay.

O‘z vaqtida yetib kelgan shifokorlar Halit Bayshuga yurak massaji qilgan va uni shifoxonaga olib ketgan, ammo u keyinchalik hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, shunga o‘xshash holatlar avval ham kuzatilgan. Masalan, 2021 yilda Livanda janoza paytida “marhum”ning nafas olayotgani sezilgan. Shundan so‘ng, ochiq tobutda yotgan erkakning hali tirik ekanligini shifokorlar tasdiqlagan, ammo uning avval qanday qilib o‘lik deb topilgani izohlanmagan.

Shunday holatlardan biri Indoneziyada ham kuzatilgan. Unda 12 yoshli Siti ismli qiz janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda “tirilgan”. O‘smir qiz diabet va organlari zararlanishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan bo‘lgan. U yerda qizning o‘limi qayd etilgan va uning jasadi oilasiga topshirilgan.

“To‘satdan uning ko‘zlari ochildi va yuragi yana ura boshlaganini payqadik”, deb eslaydi qizning otasi.

Uning oldiga yetib kelgan shifokorlar qizni nafas olishiga yordam berish uchun kislorodga ulagan, ammo bir soatdan keyin u vafot etgan.

Ehtimol, Siti “Lazar sindromi” deb nomlangan holat natijasida qayta hayotga kelgan bo‘lishi mumkin. Bu holat yurak yetishmovchiligidan o‘lim paytida yoki reanimatsiya urinishlaridan keyin taxminan o‘n daqiqa ichida sodir bo‘ladi. “Lazar sindromi” paytida yurak faoliyati tiklanadi, odamlar nafas oladi, yo‘taladi, ba’zida hatto harakatlar ham seziladi. Ammo, qayta tiklangan qon aylanishidan so‘ng, ba’zida odamlar qisqa muddat ichida yana vafot etadi.

    Boshqa yangiliklar

    'Kuchli yog‘ingarchilik sabab Sahroi Kabirni suv bosdi'ning rasmi

    Dunyo10.10.2024 13:04

    Kuchli yog‘ingarchilik sabab Sahroi Kabirni suv bosdi

    Bu kabi holat 30-50 yil mobaynida kuzatilmagan.

    'Turkish Airlines uchuvchisi parvoz vaqti vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo09.10.2024 17:44

    Turkish Airlines uchuvchisi parvoz vaqti vafot etdi

    U parvoz vaqtida hushini yo‘qotgan va birinchi tibbiy yordam natija bermagan.

    'Isroil Damashq markaziga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo09.10.2024 09:35

    Isroil Damashq markaziga zarba berdi

    Eron elchixonasi yaqiniga qilingan hujumda tinch aholi vakillpri halok bo‘ldi.

    'Xitoyda matematikani o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar uchun maxsus klinika ochilmoqda'ning rasmi

    Dunyo08.10.2024 19:45

    Xitoyda matematikani o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar uchun maxsus klinika ochilmoqda

    Klinikada o‘quvchilarni "davolash" uchun boshqa usullar qatorida dori-darmon ham beriladi.

    'O‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi'ning rasmi

    Dunyo08.10.2024 19:05

    O‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi

    2025 yilda 200 nafar o‘qituvchi grant asosida malaka oshirishga boradi.

    ''ning rasmi

    Dunyo08.10.2024 13:47