AQSHga yopirilgan “Milton” to‘foni hozirga qadar kamida 10 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda qo‘shma shtatlar rasmiy ma’lumotlarida keltirildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Milton» to‘fonidan ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar 60 milliard dollardan 75 milliard dollargacha bo‘ladi. Dastlab, bo‘ron ilgari misli ko‘rilmagan oltinchi toifaga yetadi, deb taxmin qilingan edi. Biroq, 10 oktyabr, payshanba kuni ertalab u birinchi toifaga zaiflashdi.
Biroq, Florida shtati eng katta zarbani oldi. U yerda o‘nlab tornadolar bo‘lgan. Hozirgacha yuzdan ortiq vayron bo‘lgan uylar ma’lum. Rasmiylar qurbonlar hali ko‘payishini aytmoqda.