AsosiyDunyo

Rossiyada talabalarni qishloqlarda ishlatish taklif qilindi

Agrar yo‘nalishda tahsil olgan talabalarni o‘qishni bitirganidan so‘ng bir necha yil qishloqlarga ishga jo‘natish taklifi berildi.

'Rossiyada talabalarni qishloqlarda ishlatish taklif qilindi'ning rasmi

Agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishni bitirganidan so‘ng bir necha yil qishloqlarga ishga jo‘natish kerak, dedi Rossiya sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri, mamlakatning eng yirik agrosanoat xoldinglaridan birining egasi Aleksandr Tkachyov. Uning so‘zlarini RBK keltirmoqda.

"Keling belaruslardan o‘rnak olaylik: davlat hisobidan (budjetda) o‘qiyotganlar bor, ularni 3-5 yil mehnatga solib buni chiqarib olish kerak", — dedi sobiq vazir.

Tkachyov Rossiya agrosanoat kompleksida kadrlar o‘tkir yetishmovchiligi bilan shu tariqa kurashish lozim, degan fikrda.

2023 yilda Rossiya qishloq xo‘jaligida ishchi qo‘llar yetishmovchiligi 240 ming kishini tashkil etgan. Sohada jami 6 mln kishi band. Prezident Putinning farmoniga muvofiq, 2030 yilgacha Rossiya agrosanoat kompleksi mahsulotlari hajmini 25 foizga oshirish, eksportni esa 1,5 baravar ko‘paytirib 55 mlrd dollarga yetkazish ko‘zlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:38

    Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?

    JSSTga maʼlumotiga koʻra, bu boʻyicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

    'AQSH Isroilning Gazodagi hujumini qo'llab-quvvatladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:31

    AQSH Isroilning Gazodagi hujumini qo'llab-quvvatladi

    Biroq Trump hujum uzoq davom etmasligi kerakligini bildirdi.

    '"Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:38

    "Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi

    IIBB mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

    '16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:23

    16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

    Mazkur taqiq yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish uchun amalga oshirilmokda.

    'Ispaniya "Eurovision" tanlovini boykot qilish bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:56

    Ispaniya "Eurovision" tanlovini boykot qilish bilan tahdid qildi

    Ispaniya madaniyat vaziri agar Isroil tanlovda qatnashsa, mamlakat ishtirok etmasligini bildirdi.