“Hizbulloh” Isroil shimolidagi Binyamin-Givat-Adada harbiy bazasiga dron hujum uyushtirdi.
Dron baza hududidagi oshxonaga qulagan. O‘sha paytda oshxona odamlar bilan gavjum bo‘lgan.
Harbiy bazaga hujumdan oldin “Hizbulloh” aholining Isroil askarlari to‘planadigan hududlarga yaqinlashmasligi haqida ogohlantirish e’lon qilgan. Dron hujumi oqibatida 4 nafar askar halok bo‘ldi, 60 dan ortig‘i yaralandi.