AsosiyJamiyat

Xitoyda dunyodagi eng kichik dinozavr tuxumlari topildi

Olimlar topilma kech bo‘r davriga tegishli ekanini aniqlashdi.

'Xitoyda dunyodagi eng kichik dinozavr tuxumlari topildi'ning rasmi

Olimlar Xitoy janubi-sharqidagi Szyansi provinsiyasida toshga aylangan dunyodagi eng kichik dinozavr tuxumini topdi.

Qayd etilishicha, mazkur kashfiyot uzoq vaqtdan beri yo‘q bo‘lib ketgan mavjudotlar evolyutsiyasi haqida tushuncha beradi.

“Ushbu dinozavr tuxumlarining o‘lchami kichik, qobiqlari yupqa va chuvalchangsimon tugunlari bor, bu xususiyatlar allaqachon ma’lum bo‘lgan boshqa tosh qotgan qoldiqlardan farq qiladi. Ilgari Xitoyda topilgan eng kichik dinozavr tuxumining o‘lchami taxminan 45,5 x 40,4 x 34,4 mm bo‘lgan. Mazkur tuxumning uzunligi esa 29 millimetrni tashkil etadi”, dedi Szyansi provinsiyasi geologik qidiruv instituti rahbari Lu Fasheng.

U boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi 2021 yilda Guanchjou shahrida oltita toshga aylangan tuxumlarni topgan edi. Uch yil o‘tgach, kashfiyot rasman tasdiqlandi. Ish natijalari Historical Biology jurnalida chop etilgan. Topilma 80 million yil oldingi kech bo‘r davriga tegishli ekani aniqlangan.

“Biz bu tuxumlarni kichik teropod dinozavriga tegishli deb hisoblaymiz”, deydi Xitoy Geologiya fanlari universiteti dots.nti Xan Fenlu.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu kashfiyot kech bo‘r davriga mansub teropodlar evolyutsiyasi va reproduktiv usullarini tushunishda katta ahamiyatga ega.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida qurilish to‘xtatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:37

    Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida qurilish to‘xtatildi

    Agrar universitetining talabalar turar joyi binosida qurilish ishlari sifatsiz olib borilayotgani sabab to‘xtatildi.

    '“Umra” litsenziyasini olish uchun qanday hujjatlar kerak?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:48

    “Umra” litsenziyasini olish uchun qanday hujjatlar kerak?

    Talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana oshdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:01

    Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'Boysundagi kon portlatilgani rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:29

    Boysundagi kon portlatilgani rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda "M-25" konida gaz chiqishini to‘xtatish maqsadida portlatish ishlari amalga oshirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

    'Ijtimoiy himoya agentligi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:24

    Ijtimoiy himoya agentligi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    Shu kunga qadar u Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    'Bugundan boshlab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 2 oyga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:15

    Bugundan boshlab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 2 oyga yopildi

    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda.