O‘zbekistonda harbiylar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti darakchi.uz'ga xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Xalqaro harbiy sport kengashining 2024 yil uchun kalendar rejasiga muvofiq, 16 oktyabr kuni poytaxtimizning “Yunusobod” sport majmuasida O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati boshlandi.
Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu chempionatda dunyoning 30 ta mamlakatidan 400 ga yaqin harbiy sportchilar, delegatsiya rahbarlari va hakamlar, shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi vakillari va qator martabali mehmonlar tashrif buyurgan.
Halimajon Qurbonova (-48 kg), Abdurahim Nutfullayev (-66 kg), Nigina Saparbayeva (-63 kg) kumush, Laziza Haydarova (-48 kg), Bahrom Boturov (-60 kg) va Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Dunyo birinchiligining birinchi kunida dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 8 ta medal qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi kungi bellashuvlarda esa harbiy sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega chiqdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.
Oltin medal
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Hikmatilloh To‘rayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohrux Baxtiyorov
Kumush medal
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-63 kg: Nigina Saparbayeva
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev
-81 kg: Muso Sobirov
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Bronza medallar
-48 kg: Laziza Haydarova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-60 kg: Bahrom Boturov
Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik harbiy dzyudochilar 1-o‘rinda ketmoqda. Undan keyingi pog‘onani 3 ta oltin medali bilan Mo‘g‘uliston va 2 ta oltin medal bilan Fransiya egallagan. Qozog‘iston, Jazoir, Italiya, Vengriya vakillari esa o‘z hisobiga bittadan oltin yozib qo‘ydi.
18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan jamoaviy bahslarda O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yakuniy natijalar quyidagicha:
Ayollar o‘rtasida
• O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;
• Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;
• Italiya va Mo‘g‘uliston jamoalari — 3-o‘rin.
Erkaklar o‘rtasida
• Mo‘g‘uliston jamoasi — 1-o‘rin;
• O‘zbekiston jamoasi — 2-o‘rin;
• Eron va Qozog‘iston jamoalari — 3-o‘rin.