Texnik stajorlik dasturi asosida fuqarolar Yaponiyaga qurilish ishlariga ishga taklif etiladi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Nomzodlar uchun talablar:
- yapon tilini N5-N4 darajada bilish;
- 18 yoshdan 35 yoshgacha;
- maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
- 3 yildan 8 yilgacha ishlashga tayyor.
Oylik maosh: 180 600 iyena - 1200$ (brutto).
Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qo‘shimcha ish soati uchun alohida to‘lanadi).
Ish beruvchi hisobidan:
- hujjatlarni rasmiylashtirish;
- Toshkentdan Tokiogacha aviachipta;
- aeroportdan kutib olish va ish joyigacha transfer.
Nomzodlar og‘zaki suhbat asosida tanlab olinadi.