AsosiyJamiyat

2026 yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Shuningdek, 2025 yil 1 iyulga qadar ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash rejalashtirilmoqda.

'2026 yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi'ning rasmi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026 yil 15 iyuldan 21 avgustga qadar o‘tkazilishi mumkin

Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, bu boradagi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

➖ aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuzilishi;

➖ Statistika agentligi aholini ro‘yxatga olishni planshet qurilmalari yordamida o‘tkazish uchun 2024–2026 yillarda zarur texnik va dasturiy vositalarni Jahon bankining imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda xarid qilish ishlarini tashkil etishi;

➖ Kadastr agentligi 2025 yil 1 iyulga qadar aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazilishini ta’minlashi;

➖ mahalliy hokimliklar 2025-yil 1-sentyabrga qadar hududlarning ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarining o‘zgarishi, toponomik obektlarga nom berilishi va ularning nomlari o‘zgarishi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni hududiy statistika organlariga o‘z vaqtida taqdim etib borilishini ta’minlashi;

➖ Kadastr agentligi 2025 yil 1 noyabrga qadar aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining yangilangan sxematik rejalari va xaritalari) bilan to‘liq ta’minlashi lozimligi belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, Oliy Majlis palatalariga 2025 yil 1 sentyabrdan 2026 yil 1 sentyabrga qadar respublika bo‘ylab ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini o‘zgartirish, toponomik obektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish ishlarini vaqtincha to‘xtatib turish tavsiya etilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:15

    Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

    Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

    'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

    Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

    'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:51

    Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

    Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.

    'Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:38

    Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

    Endilikda talabalardan talab qilinadigan dastlabki kontrakt to‘lovi yarmidan ikki baravarga qisqartirilib, to‘lovlar muddati yanada qulay tarzda qayta taqsimlandi.

    'O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi

    Kuz faslida yog‘ingarchilik kuzatilmayotgani sababli Muftiy Nuriddin Holiqnazar tashabbusi bilan juma namozidan keyin butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir so‘rab duo va ikki rakat istisqo namozi ado etiladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:15