AsosiyJamiyat

Soliq to‘lashda eng katta tafovut aniqlangan sohalar bo‘yicha ma’lumot berildi

Yanvar-sentyabr oylari davomida 18 ming soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan.

'Soliq to‘lashda eng katta tafovut aniqlangan sohalar bo‘yicha ma’lumot berildi'ning rasmi

2024 yil yanvar-sentyabr oylari davomida 18 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlarining (551,1 ming) 3,3 %ni tashkil etadi. Bu haqida Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati darakchi.uz ga xabar berdi.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 10 352,8 mrld so‘m tafovutlar aniqlangan hamda soliq to‘lovchilarga tafovutlar to‘g‘risidagi talabnoma yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:

  • QQS – 4 949,3 mrld so‘m;
  • foyda solig‘i – 4 738,4 mrld so‘m;
  • JSHODS – 221,6 mlrd so‘m;
  • AOS – 128,1 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar va yig‘imlar – 315,4 mlrd so‘m.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:

  • umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish – 5 716,6 mrld so‘m;
  • qurilish – 1 813,5 mrld so‘m;
  • ishlab chiqarish – 1 689 mrld so‘m;
  • transport - 471,3 mlrd so‘m.
  • qishloq xo‘jaligi - 431,5 mlrd so‘m;
  • boshqa sohalar - 230,9 mlrd so‘m.

    Boshqa yangiliklar