AsosiyJamiyat

Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi

O‘zbekistonda madaniy meros haftaligi doirasida  19 oktyabr kuni Istanbullik mashhur  xattot va islomshunos Husayn Kutlu ham yurtimizga keldi.

'Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi'ning rasmi

Husayn Kutlu zamonaviy turk xattotlik maktabining eng taniqli vakillaridan biri. U 1949 yilda Turkiyaning Konya viloyatida tug‘ilgan. 1966-1967 yillarda Konya imom xatiblar maktabida, keyinchalik Istanbul universiteti Adabiyot fakultetida tahsil oldi. O‘sha paytlarda xattotlikka mehr qo‘ydi va shu sohanig yetuk mutaxassisiga aylandi. Istanbuldagi qator masjidlarda imomlik qildi. Shu bilan birga o‘zining xattotlik maktabini yaratib, qator yoshlarga shu soha sirlarini o‘rgatdi. 

Ayni paytda Husayn Kutlu Istanbul shahridagi o‘ziga qarashli bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi bog‘ida istiqomat qiladi. Bu bog‘ni u shaxsiy tashabbusi va Turkiya Prezidenti Rejep  Tayyip Erdog‘anning ko‘magida yaratgan. Bog‘ tasavvuf va tariqat yo‘nalishida barpo etilgan  bo‘lib, ramziy ishoralarni o‘z ichida oladi. Bog‘da islom dinining muqaddasotlarini tamsil etuvchi daraxtlar ekilgan. Shuningdek bu bog‘da shifobaxsh giyohlar yetishtiriladi. Fariddin Attorninig “Mantiq ut-tayr” asarida nomi zikr qilingan qushlar ham shu yerda saqlanadi.

Husayn Kutluning eng katta ishlaridan biri Qur’oni karimni 1500 yillik xattotlik  va kitobat san’ati an’analari asosida qayta ko‘chirib chiqqanidir. Bu yangi qo‘lyozma 10 ta jildni o‘z ichiga oladi. Unda payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlaridan to XX asr boshlariga qadar davom etib, kelgan kitobat va xattotlik san’ati namunalari, uslub va bezaklari kiritilgan. Jumladan, ushbu o‘n jildlik qo‘lyozmada Asri saodat (Payg‘ambarimiz yashagan davr), umaviylar, abbosiylar, somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, mamluklar, usmoniylar, elxoniylar, temuriylar, safaviylar, qojorlar, afshorlar, boburiylar, shuningdek Turkiyada respublika e’lon qilinganidan keyingi yillarga oid xat namunalari  va bezakli naqshlar kiritilgan.

“Mazkur qo‘lyozma ustida  60 dan ortiq shogirdlarim bilan birgalikda 8 yil davomida ish olib bordik, - djeydi Husayn Kutlu. - Qo‘lyoma materiallarini to‘plash uchun musulmon dunyosining turli nuqtalaridan xomashyo to‘pladik. Jumladan, qo‘lyozma qog‘oziga Samarqand va Buxorodagi qadamjolarda o‘sgan daraxtlar po‘stlog‘idan ham foydalanilgan.  Qur’oni karim nusxasida oltin aralashmasidan tayyorlangan zarhal bo‘yoqlar ham ishlatilgan”.

Mazkur Qur’oni karim nusxasi Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdog‘anga tuhfa qilingan. Kitobning so‘nggi sahifalarida Prezidentga bag‘ishlangan maqtov va duolar arab alifbosida husnixat bilan yozilgan. Mazkur qo‘lyozmaning bosma nusxalari Husayn Kutluning maxsus kutubxonasida ko‘paytirilgan va sotuvga chiqarilgan.

Husayn Kutlu haftalik davomida bir qator tadbirlarda qatnashdi. O‘zbekisonlik xattotlar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari o‘tkazdi. Shuningdek, u o‘zi va shogirdlari tomonidan yaratilgan “Istanbul mus'hafi”ni ham maxsus ko‘rgazmada namoyish qildi.

    Boshqa yangiliklar

    '"Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida  xalqaro forumlar davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:32

    "Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida xalqaro forumlar davom etmoqda

    Haftalik doirasida “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida  xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

    'Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:27

    Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi

    U 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan.

    'Sanoat korxonalari zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishni paysalga solmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:17

    Sanoat korxonalari zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishni paysalga solmoqda

    Poytaxt havosining ifloslanishi ortidan prokuratura organlari respublika bo‘yicha rejaviy tekshirish tadbirlarini yo‘lga qo‘ydi.

    'Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:04

    Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi

    Guruhga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisi kiritiladi.

    '34 ming aholining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:54

    34 ming aholining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi

    Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan aholi muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

    '15 sutkalik qamoq jazosini eshitgan ota farzandlari uchun alimentni to‘lashga majbur bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:49

    15 sutkalik qamoq jazosini eshitgan ota farzandlari uchun alimentni to‘lashga majbur bo‘ldi

    Qarzdor ota ogohlantirishlarga qaramay bolalarining moddiy ta’minotidan qariyib 67 oy bo‘yin tovlab kelgan.