Nukus shahrida uch kishi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 18 oktyabr kuni soat 07:51 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi Qoraqalpog‘iston filialidan IIBga Nukus shahrida yashagan 25 yoshli A.Ya., uning 23 yoshli xotini M.Ya va ularnikiga mehmonga kelgan 27 yoshli A.T is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida fuqarolar uyning isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan (ugar) zaharlanib vafot etgani aniqlangan.
Holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.