Rossiyaning Leningrad viloyatida 48 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani bosib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Hodisa kecha, 27 oktyabr kuni Volxov tumani “Pod’ezd Novaya Ladoga” avtoyo‘lida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi mahalliy vaqt bilan soat 21:15 da Matiz avtomobilida 37 yoshli erkakni urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.