Ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari soni muvofiqlashtirildi. Bu bo‘yicha "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini tartibga solishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-165-son, 22.10.2024 y.) qabul qilindi.
Unga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- ayrim respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari soni muvofiqlashtiriladi.
- iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi.