AsosiyJamiyat

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan.

'Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi'ning rasmi

Jizzax viloyatida "Metan zapravka" 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Zarbdor tumanida joylashgan “R.G.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 mlrd 677 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda qish mavsumida 24 soat ishlovchi shtab tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 22:26

    Toshkentda qish mavsumida 24 soat ishlovchi shtab tashkil etildi

    Ushbu ishchi guruh issiqlik, gaz, suv va "svet"da uzilishlar yuzaga kelganda aholi murojaatlari boʻyicha choralar koʻradi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 21:37

    'Saudiya Arabistoni o'zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 20:36

    Saudiya Arabistoni o'zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda

    Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 18:24

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 16:28

    'Surxondaryoda maktab direktori o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2025 15:19

    Surxondaryoda maktab direktori o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

    Bunga direktorning lavozimdan olingani sabab bo‘lgan.