AsosiyJamiyat

Qarshida 10-sinf qiz o‘qituvchisi bilan yoqalashdi

Hodisa mas’ullar tomonidan o‘rganilmoqda.

'Qarshida 10-sinf qiz o‘qituvchisi bilan yoqalashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryoda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal kelib chiqqani aytilmoqda» sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan kuzatuv olib borilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli o‘rta ta’lim maktabining algebra fani o‘qituvchisi M.M. (ayol) va  10 «B» sinf o‘quvchisi E.O‘. (2008 yilda tug‘ilgan qiz) o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolishgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi M.M. o‘quvchi E.O‘. ni yuz sohasiga urgan, o‘quvchi qiz ham qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida birgalikda yiqilib tushishgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.O‘. larning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari MJtKning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborildi.

Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar