AsosiyJamiyat

Yomg‘ir, sovuq, qor…

O‘zbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

'Yomg‘ir, sovuq, qor…'ning rasmi

«O‘zgidromet» joriy hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston bo‘ylab 5 noyabrdan respublikada havo harorati pasayishni boshlaydi.

Havo harorati 5 noyabrda kunduzi 13-18 daraja iliq, 6 noyabrda 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 7-8 noyabrda esa harorat 5-10 daraja iliqqacha pasayadi. Kechalari sovuq bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 7-8 noyabr kunlari harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 3-4 daraja sovuqqacha pasayadi.

5-6 noyabr kunlari respublikaning barchahududlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

7-8 noyabrda hududning katta qismida yomg‘ir kuzatilmaydi. 7 noyabr kuni Surxondaryoviloyati va Farg‘ona vodiysida, shuningdek, 7-8 noyabr kunlari Qoraqalpog‘istonRespublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Shimolda yomg‘irva ho‘l qor ko‘rinishidagi aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor.

Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi), 5-6 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Toshkentda 4 noyabr kechqurun yomg‘ir yog‘adi, 5-6 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 7-8 noyabrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 5 noyabrda 15-17 daraja, 6 noyabrda 10-12 daraja, 7-8 noyabrda 7-10 daraja bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 22:14

    'Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:17

    Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    'Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi  turistik majmualar bilan tanishtirildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:10

    Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi turistik majmualar bilan tanishtirildi

    Ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimlar malaka oshirmoqda.

    'AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 20:07

    AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi

    AQSHning 2025 yilga mo‘ljallangan yangi mudofaa budjeti loyihasida lend-liz haqida hech qanday gap yo‘q.

    'O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:27

    O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

    O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi.

    'Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:01

    Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    Harorat 15 darajagacha iliq bo‘ladi.