AsosiySalomatlik

Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo‘li topildi

Hozircha tadqiqot jonivorlarda o‘tkazilgan.

'Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo‘li topildi'ning rasmi

Yurak xurujini o‘tkazgan bemorlarda ko‘pincha kasallikdan so‘ng zararlangan mushaklar o‘rni chandiq bilan qoplanadi. Bu esa yurakning organizmga qon haydash qobiliyatini zaiflashtiradi va yurak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi, deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.

 Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Nature Cardiovascular Research” xalqaro jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishida muhim rol o‘ynaydi.

Olimlar tomonidan jonivorlarda o‘tkazilgan tajriba jarayonida suyak ko‘migining immun hujayralari GPR39 molekulasi bilan birgalikda yurak faoliyatini tiklashga yordam beruvchi GPNMB oqsili ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi.

Sinov chog‘ida quyidagi tahlillar qo‘lga kiritildi: infarktdan keyin bir oy o‘tgach, GPNMB oqsilidan mahrum bo‘lgan hayvonlarning 67 foizida yurak sohasida kuchli chandiqlar kuzatildi.Oqsil darajasi me’yorida bo‘lgan jonivorlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 8 foizni tashkil etdi.

 Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, ushbu yangilikdan yurak xuruji asoratlarini bartaraf etuvchi yanada samarali dori vositalarini yaratishda foydalanish mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda'ning rasmi

    Salomatlik 28.11.2024 13:29

    Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning eng keng tarqalgan turlaridan.

    'JSST maymun chechagiga qarshi ikkinchi vaksinani tasdiqladi'ning rasmi

    Salomatlik 25.11.2024 14:10

    'Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?'ning rasmi

    Salomatlik 12.11.2024 13:19

    Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?

    Hozir bu mavzu ko‘pchilik uchun dolzarb.

    'JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi'ning rasmi

    Salomatlik 11.11.2024 12:23

    JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan 17 ta patogen ro‘yxatini taqdim etdi.

    '2050 yilgacha Yer yuzida 60 yosh va undan kattalar soni ikki barobar oshadi'ning rasmi

    Salomatlik 17.10.2024 14:40

    2050 yilgacha Yer yuzida 60 yosh va undan kattalar soni ikki barobar oshadi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sayyoramiz aholisi o‘rtasida keksa yoshli kishilar ulushi bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlarni e’lon qildi.

    'Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumki'ning rasmi

    Salomatlik 16.10.2024 13:42

    Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumki

    Odatda jarrohlik amaliyotidan so‘ng teridagi kesmalarning o‘rni bitishi uchun bir necha hafta va kundalik tibbiy parvarish talab etiladi.