AsosiyDunyo

AQSHda prezidentlik saylovi boshlandi

Ilk saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni bir necha daqiqa davom etdi.

'AQSHda prezidentlik saylovi boshlandi'ning rasmi

5 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda saylov uchastkalari ochildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

1960 yildan beri kuzatilayotgan an’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib Nyu-Hempshirdagi Diksvill Notch kichik shaharchasi aholisi ovoz berdi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu saylov uchastkasida 6 nafar saylovchi mahalliy vaqt bilan yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 10:00) saylov uchastkasiga yig‘ilib, ovoz berdi va darhol saylov natijalari hisoblab chiqildi. Natijalarga ko‘ra, amaldagi vitse-prezident, demokratlar nomzodi Kamala Harris va sobiq prezident, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp har biri uchtadan ovoz oldi.

Mamlakatdagi ilk saylov uchastkalari Vermontda mahalliy vaqt bilan soat 5:00 da (Toshkent vaqti bilan 15:00) ochildi. Qo‘shma Shtatlardagi aksariyat saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 7:00 yoki 8:00 atrofida ochiladi (Toshkent vaqti bilan 17:00 yoki 18:00). Eng oxirida Havayi orollaridagi uchastkalar ochiladi — Toshkent vaqti bilan 22:00.

Shu bilan birga, 82 milliondan ortiq AQSH fuqarosi muddatidan oldin ovoz bergan.

Prezidentlik saylovidan tashqari, 5 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda Kongress a’zolari, ayrim shtatlarda esa gubernatorlar va qonun chiqaruvchi organlar uchun saylovlar ham bo‘lib o‘tadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Green Card anketasini to‘ldirish kuni uzaytirildi'ning rasmi

    Dunyo 05.11.2024 18:43

    Green Card anketasini to‘ldirish kuni uzaytirildi

    Avvalroq to‘ldirish muddati 5 noyabrda yakunlanishi xabar qilingandi.

    'Rossiyada bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda'ning rasmi

    Dunyo 04.11.2024 23:05

    Rossiyada bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

    Rossiyaning bir qator viloyatlari aholisi infeksiyaning tarqalishida Turkiyada bo‘lib qaytgan rus sayyohlarini ayblagan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.11.2024 14:39

    'AQSH Xitoy bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 30.10.2024 21:20

    AQSH Xitoy bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

    Bu AQSH uchun katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

    'Moskvada qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi'ning rasmi

    Dunyo 30.10.2024 15:06

    Moskvada qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

    U bog‘da notanish qizga avval hujum qilib, telefonini tortib olgan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchiga nisbatan jinsiy tajovuz qilgan.

    'Eron terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosini qatl qildi'ning rasmi

    Dunyo 30.10.2024 13:23

    Eron terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosini qatl qildi

    U Erondagi qurolli va terrorchilik harakatlarini Amerikadan boshqarganlikda ayblangan".