Ijtimoiy tarmoqda bir yigitning TikTok’da 100 mingta layk uchun otasini urishini aytgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Yigit videoni TikTok platformasiga joylashi, agar 200 ming layk yig‘sa, otasini qariyalar uyiga yuborishini va o‘zining bu so‘zlariga javob berishini ham aytgan.
Video 1 noyabr kuni tasvirga olingan. U.S. ismli yigit videoni hazil tariqasida olganini, kutilmaganda tarqalib ketganini bildirgan.
2000 yilda tug‘ilgan fuqaro U.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.