AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonda harorat sezilarli pasayadi

Qator hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

'Bugun O‘zbekistonda harorat sezilarli pasayadi'ning rasmi

O‘zgidromet 6 noyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
TOSHKЕNT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 10-15° iliq, kunduzi 6-8° iliqqacha pasayadi.

TOSHKЕNT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 

7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 

Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 

ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar