AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik shoir 33 yoshida olamdan o‘tdi

U o‘zini osib o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi.

'Qashqadaryolik shoir 33 yoshida olamdan o‘tdi'ning rasmi

5 noyabr kuni shoir Mansur Jumayev 33 yoshida olamdan o‘tdi. U Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida 1991 yil 17 fevralda tug‘ilgan. 

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, 2024 yil  5 noyabr kuni taxminan soat 07:30 larda Mansur To‘rayevich Jumayev yashash xonadonida o‘zini osib vafot etgan. 

Birlamchi tashxisga ko‘ra, u “bo‘yin sohasida strangulyatsion chizig‘i mavjud, yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi” oqibatida vafot etgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv  harakatlari olib borilmoqda.

 U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Yaqinda “Izlam” turkumida “Biz kutgan fasl” nomli she’riy to‘plami chiqqan edi. 

Shoir “Ota yurt”, “Oldinda bir yo‘l bor...”, “Sujud”, “Bolalik”, “Mening xatolarim”, “Esingdami, aka...”, “Ertak haqida ertak”, “Hayrat qo‘shig‘i”, “Kitobsevar qizga”, “Yigirma birinchi asr tabibi”, “Yo‘lovchi qo‘shig‘i”, “Senga deganim” singari Vatanga, el-yurtga muhabbat, insoniy va ilohiy tuyg‘ular baland pardalarda kuylangan she’rlari bilan sinchi she’rxonlarning qalbidan joy olgan.

Bir qator asarlari rus, ingliz, turk, ozarbayjon, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarga tarjima qilinib, nufuzli xorijiy nashrlarda e’lon qilingan.

Uning “Xon qizining hovlisida kechgan mushoira”, “Kichkina odamning ulkan qalbi”, “Uyqudagi go‘zallar mehmoni”, “Ulug‘ Attor va jajji jiyancham”, “Adiblari ardoqlangan yurt”, “Bulbul qachon baland sayraydi?”, “Velosipedni qaytadan kashf etamiz!” singari badiiy publitsistik maqolalari o‘quvchini befarq qoldirmadi.

Mansur Jumayevning “Alfa”, “Arilar ko‘zyoshi” kabi hikoyalari nafaqat yurtimiz ommaviy axborot vositalarida, balki rus, ozarbayjon va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, adabiy-badiiy jurnallarda chop etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Attestatsiya sinovlarida "tovuq qaerda tuxum qoʻyadi?" degan savol tushdimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Attestatsiya sinovlarida "tovuq qaerda tuxum qoʻyadi?" degan savol tushdimi?

    Tarmoqlarda muhokamaga aylangan ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

    'Zangiotada 5 kilogrammgagina giyohvand modda topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:25

    Zangiotada 5 kilogrammgagina giyohvand modda topildi

    Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 5 kilogrammgagina "opiy" giyohvand moddasining noqonuniy aylanishiga chek qo'yildi.

    'O'zbekistonga deyarli 90 foiz avtomobil Xitoydan kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 05.11.2025 20:57

    O'zbekistonga deyarli 90 foiz avtomobil Xitoydan kirib kelmoqda

    O'zbekistonga eng ko'p yengil avtomobil yetkazib bergan TOP-10 davlatlar nomlari e'lon qilindi.

    'Toshkent Osiyoning sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillari roʻyxatiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 05.11.2025 19:16

    Toshkent Osiyoning sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillari roʻyxatiga kiritildi

    Yangi "Islom sivilizatsiyasi markazi" majmuasi va "Zamonaviy san'at markazi" galereyasining ochilishi shaharni ham qadimiy an'analar, ham zamonaviy badiiy hayot bilan tanishish imkoniyatini yaratgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.11.2025 09:50

    'O'zbekistonning qaysi hududida aholi daromadlari eng past va eng yuqori?'ning rasmi

    Jamiyat 04.11.2025 21:38

    O'zbekistonning qaysi hududida aholi daromadlari eng past va eng yuqori?

    9 oy holatiga fuqarolarning umumiy daromadlari 825,3 trillion so‘mni tashkil etdi.