AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 10 ta suv ombori quriladi

Bu bo‘yicha Prezident mas’ullarga topshiriq berdi.

'O‘zbekistonda 10 ta suv ombori quriladi'ning rasmi

Prezident huzurida qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda bahor va kuzdagi sel suvlarini yig‘ib, sug‘orishda ishlatish lozimligi qayd etildi.

Masalan, Qo‘shrabot tumanining “Xonnazor”, “Chorloq”, “Qo‘rg‘on”, “Shovona” va “Qiyqim” mahallalaridan o‘tgan soydan yiliga 36 million kub metr suv samarasiz oqib ketadi. 

Bu yerda kichik suv ombori qurilsa, 2,5 ming gektar yerni o‘zlashtirish, yangi yerlarni intensiv sabzavotchilik uchun aholiga berib, 4 ming ishsizni band qilish va 600 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin.

Bunday sel suv omborlarini Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Farg‘onadagi yana 9 ta tumanda barpo qilib, 50 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash imkoni bor.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlash topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 17:23

    "Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi

    Sanjar Sattarov rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 16:23

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 13:50

    O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi

    Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

    '1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 09:31

    1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

    1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

    '“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 09:23

    “Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

    Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 08:05

    Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi

    Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.