AsosiySiyosat

Luksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinladi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Tom Rayzendan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

'Luksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinladi'ning rasmi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Luksemburgning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Tom Rayzenni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"Tom Rayzen janoblarini Luksemburgning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Darhaqiqat, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozim. Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo ko‘lamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Luksemburg o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o‘rnatilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2024 11:06

    Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

    Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

    'Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2024 12:01

    Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident

    Davlat rahbari yuqori palatani bu bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

    'Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi'ning rasmi

    Siyosat 18.11.2024 11:53

    Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

    Mavluda Xodjayeva spikerning birinchi o‘rinbosari, Rahimjon Hakimov spiker o‘rinbosari etib saylandi.

    'Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 19:59

    Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi

    Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    '2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 17:41

    2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari

    O‘zbekiston ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.

    'Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 08:51

    Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi

    Markaz faoliyati yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.