So‘nggi yillarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni tomonidan bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar qilmoqda.
Jumladan, bundan bir muddat oldin poytaxt metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi. Yo‘lovchilar tomonidan ushbu qulaylik iliq kutib olingani va sinov jarayonlari o‘zini oqladi.
Shuningdek, boshqa bekatlarga nisbatan yo‘lovchilar bilan gavjum bo‘lgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi uchun zarur ishlar amalga oshirilishi boshlanmoqda.