AsosiyJamiyat

Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi

G‘oliblar orasida Germaniyada o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ibrohimova Rayyona ham bor.

'Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi'ning rasmi

Bugun, 8 noyabr kuni poytaxtimizda joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir buyuk siymolarimizni gavdalantirgan sahna ko‘rinishi bilan boshlandi. Taqdirlash marosimini maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirgan holda ochib berdi. 2023-2024 o‘quv yilida maktab o‘quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 ta medal qo‘lga kiritilganligi ta’kidlab o‘tildi va ushbu natija hozirga qadar eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tadbir davomida Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Misr, Qozog‘iston, Hindiston va boshqa ko‘plab dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kimyo matematika, nemis tili, informatika fanlaridan xalqaro fan olimpiadalarda qatnashib bronza, kumush, oltin medallarni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda Jinisbek Piyazov va Ko‘k choy guruhi tomonidan kuy-taronalar kuylandi. Bundan tashqari eng nufuzli xalqaro olimpiada g‘oliblariga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova eng yuqori 3 ta o‘rin uchun oltin medal sohibiga 187,5 mln o‘qituvchisiga 168, 75 mln, kumush medali g‘olibiga 112,5 mln o‘qituvchisiga 112,5 mln, uchinchi o‘rin bronza medali sohibiga 75 mln, o‘qituvchisiga 56, 25 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, xalqaro olimpiada g‘oliblari, ustozlar, ota onalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etishdi.

G‘oliblar orasida Germaniyada o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ibrohimova Rayyona ham bor.
"Bu tanlovda birinchi o‘rinni olishim shart edi. Chunki O‘zbekiston bu olimpiadaga 2012 yildan beri a’zo bo‘lib qatnashib kelayotgan bo‘lsa hali g‘oliblikni qo‘lga kiritmagan edi. Hattoki safar davomida ham tayyorlanganimiz o‘z mevasini berdi. Yurtboshimizga ham o‘z  minnatdorchiligimni bildiraman bizni taqdirlab e’tibor va e’tirof etayotganlari uchun"- deydi Rayyona Ibrohimova.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2025 21:48

    'Toshkentda uchta mashina toʻqnashdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2025 12:53

    Toshkentda uchta mashina toʻqnashdi

    Olmazor tumanida sodir bo'lgan YTH oqibatida haydovchilar va bir yo'lovchi jarohat oldi.

    'Sirdaryoda yarim tunda majlisga ketayotgan bank xodimi halokatga uchrab vafot etdimi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2025 11:32

    Sirdaryoda yarim tunda majlisga ketayotgan bank xodimi halokatga uchrab vafot etdimi?

    Darakchi.uz muxbiri holatni o‘rganish uchun rasmiy idoralardan javob oldi.

    'Urgutda maktab o‘quvchilarining janjallashishi ortidan 12 ota-onaga nisbatan chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2025 10:47

    Urgutda maktab o‘quvchilarining janjallashishi ortidan 12 ota-onaga nisbatan chora ko‘rildi

    9-sinf o‘quvchi qizlar orasidagi mojaro yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

    'Samarqandda 9-sinf qizlar yigit talashib bir-birini sochini yulgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2025 06:02

    Samarqandda 9-sinf qizlar yigit talashib bir-birini sochini yulgani aytilmoqda

    Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmogda.

    'Toshkentda YTH ortidan avtomobil to‘liq yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2025 05:51