Braziliyada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagiFIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida muddatidan oldin chempion bo‘lgan sportchimiz Afruza Hamdamovani Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov va Shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ishtirokida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Afro‘za 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘plagan (9 ta g‘alaba, 1 durang) va oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, birorta raqibi unga yeta olmasligi aniq edi.
Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.
15 yoshli hamyurtimiz endi ikki karra jahon chempioniga aylandi.