AsosiyDunyo

Shigeru Ishiba Yaponiya bosh vaziri etib qayta saylandi

30 yil ichida birinchi marta saylovlarning birinchi bosqichida bosh vazir saylanmagan.

'Shigeru Ishiba Yaponiya bosh vaziri etib qayta saylandi'ning rasmi

Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Shigeru Ishiba parlament quyi palatasida o‘tkazilgan ovoz berishning ikkinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha mamlakat bosh vaziri etib qayta saylandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 30 yil ichida birinchi marta saylovlarning birinchi bosqichida bosh vazir saylanmadi.

67 yoshli siyosatchini 221 deputat qo‘llab-quvvatladi. U avvalroq partiyasini isloh qilish, iqtisodiyotni jonlantirish va mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirishga va’da bergan edi.

Ovoz berish Yaponiyada 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin saylovlardan so‘ng bo‘lib o‘tdi.

    Boshqa yangiliklar