AsosiyDunyo

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga uringanlar qo‘lga olindi

Ular orasida chet elliklar ham bor.

'Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga uringanlar qo‘lga olindi'ning rasmi

Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga aloqadorlikda gumonlangan yetti kishi qo‘lga olingan. Bu haqida mamlakat IIVga tayanib xabar bermoqda zamon.uz. 

Ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 17 noyabr kuni Qirg‘izistonda mahalliy kengashlar uchun deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi.

"Bishkek shahri yaqinida sport o‘yinlari, shuningdek, turli musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Shu bahonada ular (qo‘lga olingan shaxslar) zo‘ravonlikka chaqirish, konstitutsiyaga zid talablarni ilgari surish va saylov kuni hokimiyatni egallab olish uchun vaziyatni beqarorlashtirishni maqsad qilgan", — deyiladi IIV xabarida.

 Idoraning aniqlik kiritishicha, qo‘lga olingan shaxslar orasida Qirg‘iziston fuqarolari bilan birga, chet elliklar ham bor. Tintuv davomida ular yashagan joydan jangovar granata, to‘pponcha, uchta kvadrokopter, shuningdek, «olomonga ichirish uchun ming shisha aroq», bir tonna guruch va ot topilgan.

 Qirg‘iziston hukumati 2024 yil boshidan beri hokimiyatni egallashga uchinchi marta urinilayotgani to‘g‘risida xabar berdi. Yanvar oyida respublika prezidenti Sadir Japarov davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qilgandi. Iyulda esa mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan tartibsizliklar uyushtirish va hokimiyatni egallashni niyat qilgan bir guruh shaxslar ushlangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bayden afv etish bo‘yicha rekordga qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo 13.12.2024 12:00

    Bayden afv etish bo‘yicha rekordga qo‘ydi

    Bir kunda 1500 nafar shaxsni afv qilindi.

    'AQSH Ukrainaga yana 500 million dollarlik yangi harbiy yordam yubormoqda'ning rasmi

    Dunyo 13.12.2024 08:24

    AQSH Ukrainaga yana 500 million dollarlik yangi harbiy yordam yubormoqda

    Yordam paketiga o‘q-dorilari va tankga qarshi qurollar, dron hamda boshqa harbiy texnikalar kiradi.

    'Ukraina himoyasida 450 nafar sportchi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.12.2024 22:22

    Ukraina himoyasida 450 nafar sportchi halok bo‘ldi

    Men ulardan ba’zilarini tanirdim, deydi Vladimir Klichko.

    'Chechenistonga yana dron hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 12.12.2024 13:50

    Chechenistonga yana dron hujum qildi

    Ramzan Qodirov hujumga javoban urushga 84 ming jangchi yuborish bilan tahdid qildi.

    'Netanyahu Isroilda sudlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 11.12.2024 17:54

    Netanyahu Isroilda sudlanmoqda

    Sud majlislari yer osti sud zalida bo‘lib o‘tdi.

    'Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi'ning rasmi

    Dunyo 11.12.2024 14:13

    Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi

    Rossiyada allaqachon Asad va uning yaqinlariga tegishli uylar mavjudligi aytilmoqda.