AsosiyMadaniyat

9 oyda O‘zbekistondagi muzeylarga 3 mln.dan ortiq mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

8 366 ta madaniy meros obyekti milliy ro‘yxatga kiritilgan.

'9 oyda O‘zbekistondagi muzeylarga 3 mln.dan ortiq mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi'ning rasmi

2024 yilning 9 oyi davomida mamlakatimiz muzeylariga jami 3 004 549 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lum qildi.

Muzeylarga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida 27 ta muzeyda sovg‘alar va suvenir do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari, onlayn do‘konlar, rassomlar, artistlar va folklor jamoalari, hunarmandlar uchun hamda fotosessiya uchun maxsus hududlar tashkil etildi.

Muzeylarga inklyuziv shart-sharoitlar yaratish maqsadida 53 ta muzeyda pandus yo‘lakchasi, 9 ta muzeyda ko‘tarilish vositasi (lift) o‘rnatildi va 35 ga yaqin muzeylarda audiogidlar tashkil etildi.

2024 yilning tegishli davri davomida madaniy boyliklarni olib chiqilishi uchun rasmiylashtirilgan sertifikatlar soni 918 tani, unga asosan respublikadan olib chiqishga ruxsat berilgan ashyolar soni 10,980 tani, madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqishga berilgan sertifikatlar soni esa 34 tani, predmetlar soni 369 tani tashkil etdi. 

2024 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra respublika hududida jami hisobda 8 366 ta (7836 ta davlat mulki, 530 ta xususiy mulk) madaniy meros obyekti Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qaroriga asosan milliy ro‘yxatga kiritilib, ushbu ro‘yxat qayta shakllantirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi'ning rasmi

    Madaniyat 11.11.2024 18:17

    Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi

    Media mahsulotlarida davlat siyosati, davlat ramzlariga zid, axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etuvchi holatlar mavjud yoki yo‘qligi o‘rganib boriladi.

    '"Shartlarga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi"'ning rasmi

    Madaniyat 29.10.2024 11:45

    "Shartlarga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi"

    “O‘zbekkonsert” xabardor qilmay xorijda konsert berayotgan xonandalarni ogohlantirdi.

    'Islom sivilizatsiyasi markazi Yo‘l xaritasi loyihalarining tasdiqlanishi kutilmoqda'ning rasmi

    Madaniyat 25.10.2024 11:14

    Islom sivilizatsiyasi markazi Yo‘l xaritasi loyihalarining tasdiqlanishi kutilmoqda

    Toshkentda O‘zbekiston madaniy meros haftaligining yakuniy plenar majlisi bo‘lib o‘tmoqda

    'Qur’onning Somoniylar davriga oid turkiy tarjimasi aniqlandi'ning rasmi

    Madaniyat 24.10.2024 15:08

    Qur’onning Somoniylar davriga oid turkiy tarjimasi aniqlandi

    Bu haqda Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez Xalqaro madaniy meros xaftaligidagi ishtirokida aytib o‘tdi.

    '"Temuriylar davriga sayohat"'ning rasmi

    Madaniyat 23.10.2024 12:06

    "Temuriylar davriga sayohat"

    Bugun Xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida 3 ta muhim tadbir o‘tkaziladi.

    'Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi'ning rasmi

    Madaniyat 22.10.2024 13:09

    Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

    Toshkentda davom etayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida bu haqda xabar berildi.