AsosiyJamiyat

Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs aniqlandi

U 2 tup qayrag‘och va 3 tup yong‘oq daraxtini kesish orqali tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazgan.

'Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida fuqaro tomonidan ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyo‘l tumani Bunyodkor mahallasida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Jarayonda mahalla hududida fuqaro B.N. tomonidan 5 tup daraxt – 2 tup qayrag‘och va 3 tup yong‘oq hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 533 mln so‘m deb baholangan.

Holatga bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:38

    Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi

    Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    'Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:13

    Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

    Bir guruh yetuk ulamolar, atoqli arboblar, diniy soha rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy olimlarga “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni topshirildi.

    'Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganligi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:22

    Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganligi ma’lum bo‘ldi

    Ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar faoliyati o‘rganilganda shartnomalarda qonundan tashqari asossiz  shartlar belgilanganligi aniqlandi.

    'Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:38

    Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi

    Taynlovga qadar u Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    'BMT Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha 6 yillik ish natijalarini taqdim etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:02

    BMT Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha 6 yillik ish natijalarini taqdim etdi

    Orol dengizi trast fondining olti yillik samarali loyihalari 293 000 dan ortiq kishiga foyda keltirgan.