AsosiyJamiyat

Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham ishtirok etishining tarafdori

Davlat rahbari ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.

'Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham ishtirok etishining tarafdori'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev  Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zlagan nutqida joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.

Masalan, bu yil hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, mahallalarni obod qilish bo‘yicha investitsiya dasturlariga 30 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

Biroq, ana shu dasturni qabul qilishda qaysi deputat qatnashdi, uning ijrosi bo‘yicha kimdan hisobot talab qildi, degan savollar ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish taklif etildi.

Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi. 

Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar o‘z takliflarini quyi palataga kiritish huquqiga ega ekani kafolatlandi.

Fuqarolarning tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.