AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentdagi ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 18 noyabr kuni soat 14:06 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Abdulla Qahhor” MFY, Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan, ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida Toshkent shahar FVB xabar berdi. 

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:12 da voqea joyiga yetib borib, soat 14:21 da qurshab olingan va soat 14:24 da o‘chirilgan. 

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar