Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Nazarbek shaharchasida bir erkak mast holda ko‘chada pichoq bilan yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mast erkak hech kimni jarohatlamagan, atrofdagi fuqarolarga zarar yetkazmagan. Videodagi shaxs viloyat IIOO xodimlari tomonidan tezkor tartibda ushlangan. Ayni paytda holat yuzasidan unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari ketmoqda.