Sattarov Sanjar Sadiqovich "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
S.Sattarov 1979 yil 15 noyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutining bakalavr bosqichini, 2005-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida magistratura bosqichini avtotransport vositalaridan foydalanish, avtotransportda xalqaro yuk tashish yo‘nalishini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining turli lavozimlarida, Transport vazirligi tasarrufidagi “Uzautotrans Service” MCHJ bosh direktori, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.