AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

U 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

'Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

Kecha, 24 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida erkak turmush o‘rtog‘i va deyarli 3 oylik chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

1998 yilda tug‘ilgan erkak kecha, 24 noyabr kuni soat 13:00 larda ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar okibatida 1996 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda joriy yilning 1 sentyabr kuni tug‘ilgan qizini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirgan. So‘ng arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan kecha, 24 noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ma’lumot uchun, gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 17:06

    Qabul Dusovga sud hukmi e’lon qilindi

    Uning jinoyat sodir etishdagi aybi dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

    'Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.11.2024 14:47

    Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.

    'Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolarini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak ustidan sud jarayoni boshlandi'ning rasmi

    Jinoyat 15.11.2024 14:20

    Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolarini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak ustidan sud jarayoni boshlandi

    Vafot etganlar er-xotin va ularning 2 nafar farzandi, 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan.

    'Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 14.11.2024 18:00

    Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi

    Namanganda YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 14.11.2024 10:16

    Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi

    Ish doirasida Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan.

    'Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 07.11.2024 09:58

    Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi

    Noqonuniy guruh a’zolariga tegishliligi bo‘yicha 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.