AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

'Bugun O‘zbekistonda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ngarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° iliq bo‘ladi. 

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining baland tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar