So‘nggi paytlarda Turkiyada soxta 50 dollarlik kupyuralar, ba’zan esa 100 dollarlik kupyuralar tarqalishi haqida xabarlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilanO‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni quyidagi masalalarda ogoh bo‘lishga chaqirmoqda:
Sotib olishda va qabul qilishda diqqatli bo‘ling!
- Dollarni faqat rasmiy banklar yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash nuqtalarida qabul qiling.
- Tekshiruv uskunalaridan foydalaning, ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilganingizda.
- Qo‘lma-qo‘l pul ayirboshlashdan saqlaning.
Qonunchilik va huquqiy maslahatlar
- Soxta kupyuralarni qabul qilish yoki tarqatish qasddan amalga oshirilsa, Turkiya qonunchiligida og‘ir jazo belgilangan.
- Agar shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling.
Soxta pul tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlarda ehtiyot bo‘ling va shubhali vaziyatlarda doimo tekshiruvga murojaat qiling.