O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Italiyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Agostino Pinnani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
"Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Dinamik iqtisodiy hamkorlik, yangi investitsiyaviy loyihalar, tadbirkorlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar va muntazam siyosiy uchrashuvlar O‘zbekiston-Italiya strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Janob Elchiga mamlakatimizda fidokorona xizmatlari uchun Tashqi ishlar vazirligi nomidan minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz".