AsosiyJamiyat

Samarqandda hisobchi tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m pulini qimorda yutqazib qo‘ydi

Hisobchi soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirish orqali katta mablag‘ni o‘zining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib olgan.

'Samarqandda hisobchi tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m pulini qimorda yutqazib qo‘ydi'ning rasmi

Samarqand shahrida tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini qimor o‘yinlariga yutqazgan hisobchi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ph.l.” MCHJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MCHJning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirish orqali o‘zining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishib, ushbu mablag‘larni internet tarmoqlaridagi qimor o‘yinlarida yutqazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Elektron retsept" bosqichma-bosqich joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    "Elektron retsept" bosqichma-bosqich joriy etiladi

    Bu Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘ida belgilandi.

    'Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi boʻlganmi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi boʻlganmi

    Хуқуқ-тартибот идоралари версиясига кўра, Юн Сок Ёл Жанубий Корея ҳарбий дронларини Шимолий Корея томон учиришни буюрган.

    'Samarqandda fuqaro gazdan noqonuniy foydalanib, davlat byudjetiga 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi.'ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2025 21:54

    Samarqandda fuqaro gazdan noqonuniy foydalanib, davlat byudjetiga 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi.

    Ushbu fuqaro xonadonida issiqxona tashkil qilib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2025 19:03

    'Янги йил муносабати билан пойтахтнинг бир қатор кўчаларида ҳаракат вақтинча чекланади'ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2025 17:59

    Янги йил муносабати билан пойтахтнинг бир қатор кўчаларида ҳаракат вақтинча чекланади

    Bayramda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida harakat to‘xtatiladigan ko‘chalar nomi e’lon qilindi.

    'Эртага қайси ҳудудларда қор ёғиши маълум бўлди'ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2025 16:56

    Эртага қайси ҳудудларда қор ёғиши маълум бўлди

    "O'zgidromet" ertangi kungi ob-havo prognozlarini e'lon qildi.