AsosiyJamiyat

Buxoroda gaz portlashi oqibatida er-xotin vafot etdi

Ularning ikki nafar qizi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan.

'Buxoroda gaz portlashi oqibatida er-xotin vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 17 noyabr kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi qishloqlardan biridagi oilada gaz portlashi yuz berdi. 

Hodisa oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi: er-xotin va ularning ikki nafar qizi kuyish jarohatini olib, RSHTYOIM Buxoro filialiga olib borilgan. Ota va ona 75 foizdan yuqori kuyish jarohatlari oqibatida vafot etgan. Qizlari kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan 22 noyabr kuni Jinoyat kodeksining  259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harkartlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar