AsosiyJamiyat

Bitta pasportga faqat bitta bank kartasi beriladimi?

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi haqida tarqatilayotgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

'Bitta pasportga faqat bitta bank kartasi beriladimi?'ning rasmi

Bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi bo‘yicha me’yorlar o‘rnatilayotganligi to‘g‘risida axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda Markaziy bank.

Qayd etilishicha, bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadida banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JSHSHIRga) kartalar sonini (virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda) vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bunda ushbu talab chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar