Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro B.M tomonidan Xalqaro qizil kitobga kiritilgan Yo‘lbars pitonini saqlab kelib ta’lim maskanlarida tomoshalar quyib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Mazkur holat tuman IIB tomonidan aniqlangan va Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga xabar berilgan.
Qayd etilishicha, pitonning uzunligi 2.78 metr eni 28 sm.
Ma’umot o‘rnida, ushbu turdagi pitonlarning tana uzunligi jinsga (urg‘ochilar odatda erkaklarnikidan kattaroq) va turmush tarziga qarab 1,5 dan 4 metrgacha yoki undan ko‘p o‘zgarishi mumkin. Qayd etilgan eng katta uzunlik 4,6 M, vazni esa 52 kg. rangi o‘zgaruvchan bo‘lib, tutqunlikda 25 yilgacha umri ko‘rishadi.
Hozirda piton Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markazida bog‘ mutaxassislari tomonidan maxsus ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va vaqtincha saqlanmoqda.