AsosiyJamiyat

Harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchilarga tadbirkorlik qilish taqiqlanmoqda

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

'Harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchilarga tadbirkorlik qilish taqiqlanmoqda'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1008-son, 29.11.2024 y.) bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:36

    Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi

    “Inson huquqlari uyi”ning faoliyat boshlashi ayni konstitutsiyaviy normaning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq yirik amaliy tadbir hisoblanadi.

    'Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi

    Harorat 5-9 daraja atrofida bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:49

    'Oksforddagi O‘zbekistonga oid xazinalar'ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:22

    Oksforddagi O‘zbekistonga oid xazinalar

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrif buyurdi.

    'O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 18:51

    O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi

    Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi.

    'Tarakanlar bosishi sabab yaroqsiz holga kelgan uy egalariga yangi uy-joylar ajratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 18:01

    Tarakanlar bosishi sabab yaroqsiz holga kelgan uy egalariga yangi uy-joylar ajratiladi

    Bunday uy-joy haqida YAIDXP orqali onlayn shikoyat qilish mumkin.