AsosiyJamiyat

Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktorini qabul qildi

Uchrashuvda amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

'Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktorini qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston 1994 yildan buyon XAEA a’zosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik ko‘magini jalb etgan holda 40 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari XAEA delegatsiyasi bugun O‘zbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida o‘tkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi. 5 dekabr kuni Samarqand shahrida sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya birgalikda tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xo‘jaligi, suvdan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.12.2024 21:52

    Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi

    Prezident qarori bilan teatrlarning ahamiyatini oshirish bo‘yicha yana bir qator sharoitlar yaratidmoqda.

    '84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.12.2024 14:16

    84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi

    “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan joylarda sektor rahbarlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalla “yettilik”lari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bayram tadbirlari tashkil etildi.

    'Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 04.12.2024 10:06

    Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi

    Raqobat qo‘mitasi davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalardagi holatni o‘rgandi.

    'Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.12.2024 08:36

    Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi

    “Inson huquqlari uyi”ning faoliyat boshlashi ayni konstitutsiyaviy normaning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq yirik amaliy tadbir hisoblanadi.

    'Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.12.2024 08:09

    Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi

    Harorat 5-9 daraja atrofida bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:49