Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga joriy o‘quv yili uchun beriladigan qishki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.