Kecha, 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:44 larda AQSHning San-Fransisko ko‘rfazi yaqinida, Kaliforniya shimolida 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, mahalliy OAV xabar tarqatdi.
Zilzila epitsentri Gumboldt okrugidan 16 km janubi-g‘arbida joylashgan. Zilziladan so‘ng, hukumat sunami xavfi haqida ham ogohlantirish berdi. Ma’lum muddatdan so‘ng esa bu ogohlantirish bekor qilingan.