AsosiyJamiyat

Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishi kuchaytiriladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

'Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishi kuchaytiriladi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1009-son, 04.12.2024 y.) bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to‘ldirilmoqda. 

Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda yangi maʼmuriy markaz qurilishi bilan tanishildi.'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 16:22

    Buxoroda yangi maʼmuriy markaz qurilishi bilan tanishildi.

    Prezident tashrif davomida davlat idoralarini bir hududda jamlash tajribasini kengaytirish muhimligini ta'kidladi.

    'Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 13:38

    Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

    '“Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 13:27

    “Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy izoh bildirdi.

    'Navoiyda tarbiyachi bolalarni kaltaklagani uchun ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 12:47

    Navoiyda tarbiyachi bolalarni kaltaklagani uchun ushlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan so‘ng xususiy bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'BFK sifatida sotilgan mahsulot dori ekanligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 12:11

    BFK sifatida sotilgan mahsulot dori ekanligi aniqlandi

    Vakolatli idoralar tekshiruvida qo‘shimcha sifatida sotilgan mahsulot tarkibi dori vositasiga mos ekani ma’lum bo‘ldi.

    'Qirgʻizistonda qalbaki pul savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 08:20

    Qirgʻizistonda qalbaki pul savdosi fosh etildi

    Transmilliy jinoyiy guruhga aloqador O‘zbekiston fuqarosi ham qo‘lga olingan.