AsosiyJamiyat

Talabalarga poyezd chiptalari uchun ham 50 foizlik chegirma berildi

.Avvalroq UzAirways ham talabalarga chegirma taqdim etgandi.

'Talabalarga poyezd chiptalari uchun ham 50 foizlik chegirma berildi'ning rasmi

Yangi yil bayrami munosabati bilan respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun poyezd chiptalariga chegirma e’lon qilindi. Bu haqida "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirma 23 dekabrdan 10 yanvargacha mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun amal qiladi. Bunda yo‘lovchi poyezdlarining temiryo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlaridan tashqari) taqdim etiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temiryo‘l kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar