AsosiySport

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda tengsiz bo‘ldi

Bu natijaga O‘zbekiston terma jamoasi zahira tarkibi bilan erishdi.

'Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda tengsiz bo‘ldi'ning rasmi

Bugun qit’a birinchiligida erkaklar ishtirokidagi final bahslari bo‘lib o‘tdi. Kun davomida 10 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarildi. Ulardan Shahzod Muzaffarov va Jasurbek Yo‘ldoshevlar finallarida mag‘lub bo‘lib kumush medalga ega chiqdi. Qolgan 8 nafar bokschi esa, raqiblaridan bir bosh ustunligini yana bir bor isbotladilar.

Yakunda O‘zbekiston umumjamoa hisobida ham 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan yana bir bor tengsizligini isbotladi. 

G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev

-51 kg: Asilbek Jalilov

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov

-67 kg: Mujibillo Tursunov

-71 kg: Havasbek Asadullayev

-75 kg: Javohir Ummataliyev

-80 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal:

-54 kg: Shahzod Muzafarov

-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

Bronza medal:

+92 kg: Jahongir Zokirov

Qayd etish joiz, ushbu natija orqali O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonning Parijga borgan asosiy jamoasini ham, Ukrainaning kuchli tarkibini ham ikkinchi zahira tarkibi bilan dog‘da qoldirdi. Jamoa nafaqat Osiyoda, balki, dunyoda terma yakka peshqadamligini isbotlashda davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Manchester City Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi'ning rasmi

    Sport 26.04.2026 06:18

    Manchester City Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi

    Husanovga yana bir sovrin uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.

    'FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi'ning rasmi

    Sport 12.04.2026 15:59

    FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi

    FIFA prezidenti Janni Infantino o‘yinlar qur’a bo‘yicha belgilangan maydonlarda o‘tkazilishini bildirdi.

    'Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi'ning rasmi

    Sport 11.04.2026 16:10

    Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi

    Arsenal o‘z maydonida Bournemouthga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

    '"Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi'ning rasmi

    Sport 05.04.2026 12:41

    "Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi

    Van Deyk muxlislaridan uzr soʻradi.

    'Sindorov Nomzodlar turnirida peshqadamlikni mustahkamlamoqda'ning rasmi

    Sport 04.04.2026 17:03

    Sindorov Nomzodlar turnirida peshqadamlikni mustahkamlamoqda

    Ushbu turnirda u dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri sanalgan Vey I ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

    'Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi'ning rasmi

    Sport 04.04.2026 07:32

    Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

    Gʻolib va sovrindorlar kubok, diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.